"Vashington" 20 yildan so‘ng Stenli kubogi finalida
Bugun tongda Milliy xokkey ligasida sharqiy mintaqa finalining ettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Stenli kubogi uchun kechadigan hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun "Vashington kepitalz" hamda "Tampa-Bey laytningz" jamoalari kurash olib bordilar.
Bungacha o‘tkazilgan olti bahsda seriyalar bo‘yicha hisob 3:3 holatiga kelgach, barchasi Floridada o‘tadigan bahsga bog‘liq bo‘lgandi. Garchi mehmonda o‘ynasa ham unda "Vashington" xokkeychilari ancha ishonchli o‘yin namoyish etib, safarda yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa ular Stenli kubogi uchun kechadigan bahsda "Vegas golden nayts" bilan to‘qnashadigan bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, "Vashington kepitalz" o‘zining 20 yillik tarixida ilk bosh mintafalar finaliga chiqmoqda.
Fikrlar