"Vest Xem" etakchisi Ahmedovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 13 yanvar, 2019, 11:26
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbolchi bu borada shu oydayoq klubni tark etishini aytib o‘tgan, biroq londonliklarda uni sotish niyati yo‘q. 

Jumladan "bolg‘achilar" hamyurtimiz Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" tomonidan avstriyalik futbolchi uchun bildirilgan 35 mln funt miqdoridagi takliifini rad etdi. 

Londonliklar 2017 yil Dimitri Paye bilan bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealar takroralinishini istashmayapti va jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrini 29 yoshli Arnautovich haqida quyidagilarni gapirib o‘tdi:

"Marko yaxshi futbolchi va ko‘plab jamoalar uni o‘z saflarida ko‘rishni istashadi, lekin u hozirda "Vest Xem" futbolchisi".

Ma’lumot uchun, Marko Arnautovich 2017 yil 25 mln funt evaziga "Stok Siti"dan "Vest Xem"ga ko‘chib o‘tgan edi va joriy yilgi mavsumda "bolg‘achilar" safida jami 18 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 2 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!