"Vest Xem" o‘zining asosiy hujumchisini qo‘yib yubormaydi

  • 26 noyabr, 2018, 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Vest Xem" klubi hujumchisi Marko Arnautovich kamida mavsum yakuniga qadar jamoada qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bolg‘achilar” 29 yoshli avstriyalik futbolchini davralar oralig‘ida qo‘yib yuborishmoqchi emas. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Arnautovichga “Manchester Yunayted”dan qiziqishlar bo‘layotgani va aynan mankuanliklar uni qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “Vest Xem” katta mablag‘ taklif qilingan taqdirda ham o‘zining asosiy hujumchisini qo‘yib yubormaydi.

Ma’lumot uchun, Arnautovich joriy mavsum APLda 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!