Video: “Yuventus” g‘alabasi, “Lester” mag‘lubiyati
Evropa Chempionalar ligasi nimchorak final dastlabki o‘yinida Angliya chempioni “Lester” safarda “Sevilya” bilan o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi. Sarabiya va Korreaning gollariga Vadri bitta gol bilan javob qaytardi.
Evropa Chempionlar Ligasi nimchorak final ilk o‘yinida “Portu” jamoasi o‘z maydonida “Yuventus” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur bellashuvda 27-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan “Portu” 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. G‘oliblar safida Marko Pyatsa va Dani Alves gol kiritib, javob o‘yini oldidan o‘ziga yaxshi sharoit yaratib oldi.

Fikrlar