Viktor Oladiponing 47 ochkosi “Indiana”ga g‘alaba keltirdi

CHERY AUTO

Bugun, Milliy basketbol assotsiatsiya tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan chempionatda oltita o‘yin o‘tkazildi.

Michigan shtatida joylashgan “Little Caesars Arena”da “Detroyt” va “Boston” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Safarda o‘yin o‘tkazishiga qaramasdan “Boston” jamoasi a’zolari tezkor hujumlar uyushtirib, raqiblarini 81:91 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Indiana” jamoasining hujumkor himoyachisi Viktor Oladipo “Denver”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda 47 ochko to‘plab jamoasining 126:116 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shuningdek, chempionatda Minnesota – Dallasni 97:92, Yangi Orlean – Filadelfiyani 131:124, Nyu-York – Atlantani 111:107 hisobida engan bo‘lsa, Sakramento o‘z maydonida Torontogan 87:102 hisobida engildi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!