Viktoriya Azarenko “Qatar Total Open – 2018” musobaqasiga “wild card” oldi

Joriy yilning 12-17 fevral kunlari Qatarning Doxa shahrida “Qatar Total Open – 2018” turniri o‘tkaziladi.

Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan o‘tkaziladigan mazkur musobaqaning tashkilotchilari belaruslik Viktoriya Azarenko va rossiyalik Vera Zvonaryovaga asosiy to‘rda ishtirok etish huquqini beruvchi “wild card” taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada rossiyalik Mariya Sharapova ishtirok etishi haqida xabar bergan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!