Viktoriya Azarenko ikkinchi davrada qoqildi

Belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko "BNP Paribas Open - 2018" turnirining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi.

U musobaqaning uchinchi davrasiga chiqish uchun o‘tgan o‘yinda amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqdi va 1:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa Stivens Indian-Uellsdagi musobaqaning uchinchi davrasida rossiyalik iste’dodli tennischi Darya Kasatkinaga qarshi bahslashadigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!