Viktoriya Azarenkoning zarbasi Medison Kizni qulatdi
Belaruslik Viktoriya Azarenko Mayami ochiq turnirida uchinchi davraga chiqdi.
U ikkinchi bosqichda amerikalik Medison Kizga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Birinchi setni 7:6 hisobida boy bergan Kiz, ikkinchi setda hisob 2:0 bo‘lib turgan bir vaqtda tizzasidan jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmadi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Azarenko "Miami Open - 2018" turnirining uchinchi davrasida latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Fikrlar