Xabib Nurmagomedov: Meni to‘qqiz oyga chetlatishi mumkin
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Nevada shtati atletik komissiyasi tomonidan qancha muddatga diskvalifikatsiya etilishini taxmin qildi.
– Komissiya yig‘ilishi 29 yanvarga ko‘chirildi, ammo qaror oldinroq qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Umid qilamanki, bu yil ular aniq jazo muddatini belgilashadi, biroq “jazo” so‘zi bu erda noo‘rin qo‘llanilgan deb hisoblagan bo‘lardim.
– Sudni va qarorni kutamiz. Meni 9 oyga chetlatish haqida gapirishmoqda, – deya rossiyalik sportchining so‘zlarini keltiradi TASS axborot agentligi.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Xabib Nurmagomedov UFC chempionlik kamarini himoya qilib, Makgregorni mag‘lub etgan edi. Jangdan so‘ng u oktagondan oib o‘tib, irlandiyalik jangchi jamoasi a’zoslari bilan mushtlashuvni boshlagan.
Fikrlar