Xabibulina Turkiyadagi turnirni muvaffaqiyatli boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahri ayollar o‘rtasidagi mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur turnirda hamyurtimiz Albina Xabibulina ham ishtirok etmoqda. U bugun ilk davradagi o‘yinini  o‘tkazdi.

Turnirning 5-tartib raqami ostida saralangan Xabibulinaga ilk davrada italiyalik Francheska Tsella raqibalik qildi.

1 soat 18 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Albina 6:4, 6:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Endi unga ikkinchi davrada xorvatiyalik Ana Bishkich raqibalik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!