Xames 21 may kuni "MYu" futbolchisiga aylanadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges yaqin kunlarda “Manchester Yunayted” a’zosiga aylanadi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “MYu” kolumbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganligini 21 may kuni, ya’ni Ispaniya chempionati yakunlanganidan so‘ng e’lon qiladi. Avvalroq esa “Real” Xamesni 75 mln evrodan kamiga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xames Rodriges 2014 yilda “Monako”dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum La liganing jami 21ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!