Xames "Bavariya"ga kerak emas
Nemis OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “Bavariya” rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning transfer huquqini sotib olmoqchi emas.
Bundan tashqari nemis klubi bu futbolchini qishki transferlar mavsumida qo‘yib yubormoqchi. Biroq uning amaldagi ijara kelishuvi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. “Bavariya” yaqin vaqt ichida uning o‘rniga boshqa hujumkor yarim himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda.



Fikrlar