
Xemilton g‘alaba qozondiyu, eng yaxshi poygachi boshqaga berildi
Bir necha soat avval Braziliyada Formula-1 bo‘yicha Gran-pri seriyasidan o‘rin olgan navbatdagi poyga o‘z yakuniga etdi. Murosasiz kechgan bahslar "Mersedes"ning britaniyalik piloti Lyuis Xemiltonning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Musobaqa tashkilotchilari an’anaga muvofiq bahslar yakuniga etgach kunning eng yaxshi poygachisini aniqlashdi. E’tiborlisi, bu nom poyga g‘olibi Lyuisga emas, "Red Bull" piloti Maks Ferstappenga nasib etdi. Maks Braziliya Gran-prisida asosiy raqibiga 5 soniya imkoniyatni boy berib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib bosib o‘tgan edi.
Fikrlar