Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni "Aston Villa" bilan shartnoma imzoladi

  • 21.12.2018 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Gent” darvozaboni Lovre Kalinich faoliyatini “Aston Villa”da davom ettiradigan bo‘ldi.

28 yoshli xorvatiyalik posbon birmingemliklar bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. “Aston Villa” Kalinich uchun “Gent”ga 7 mln funt to‘ladi.

Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni yangi klubiga 1 yanvarda kelib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!