
Yana bir mashhur futbolchi Mino Rayolaning mijoziga aylanadi
"Napoli" klubi forvardi Lorentso Insine ham Mino Rayolaning mijozlaridan biriga aylanadi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli italiyalik futbolchi kelgusi yozdan boshlab aynan Rayola bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba, Ibragimovich, Balotelli va Donnarumma kabi mashhur futbolchilar ham aynan Rayolaning agenti hisoblanadi.
Fikrlar