
Yaya Ture APLga qaytishni xohlamoqda
Xavbek Yaya Ture Angliya premer ligasida faoliyat olib borayotgan klub bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, Ture Xitoy va AQShdan bo‘lgan bir necha takliflarga rad javobini bergan.
Avvalroq, 35 yoshli xavbek "Olimpiakos" safida 225 daqiqa to‘p urib shartnomani bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, Yaya Ture 2009-2018 yillar davomida "Manchester Siti" safida to‘p tepgan.
Fikrlar