
Yaya Ture faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi
Ivuarlik futbol yulduzi Yaya Ture faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli futbolchi “Seltik” bilan shartnoma imzolashga tayyor. Biroq, u bundan avval jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers bilan uchrashib, u bilan yuzma-yuz gaplashib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ture o‘tgan yilning sentyabrida “Olimpiakos” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Ammo, oradan 3,5 oy vaqt o‘tib u grek klubi bilan kelishuvni bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Yaya Ture faoliyati davomida "Monako", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar