“Yuventus” Iguainni 60 mln evroga sotishga tayyor, ammo unga hozircha bunday taklif bo‘lmadi

  • 12 iyul, 2018, 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain mavsumlar oralig‘ija jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 30 yoshli argentinalik futbolchini 60 mln evro evaziga boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga tayyor. Ammo, Iguain borasida hozircha hech bir jamoa “Yuve”ga bunday taklif bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Iguainni 2016 yil “Napoli”dan 94 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Iguain o‘tgan mavsum A Seriyada jami 35ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!