
"Yuventus" Iguainni "Chelsi"ga qo‘yib yubormoqchi emas
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining argentinalik forvardi Gonsalo Iguainni "Chelsi"ga ijaraga berishni istamayapti.
Gap shundaki, “keksa sinora” 31 yoshli futbolchini 36 mln evro evaziga to‘liq sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” Iguainni mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan edi. Ammo, futbolchi jamoasini o‘zgartirishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum “rossonerilar” safida 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar