
“Yuventus” Xitoy klubidan “alamini oldi”
Turinning “Yuventus” klubi o‘zining xorvatiyalik futbolchisi Mario Manjukich borasida Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” jamoasi yuborgan taklifni rad etdi.
Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, xitoyliklar Italiyaning amaldagi chempioniga Manjukich uchun 28 million evro, futbolchining o‘ziga esa yillik 7,5 million evro maosh taklif qilgan. Biroq, tomonlar deyarli kelishuvga erishgan bir paytda “Tyantszin Tsyuantszyan” Aksel Vitsel bilan shartnoma imzoladi va turinliklarning “o‘ljasini” ilib ketdi. Shundan so‘ng “Yuventus” raxbariyati Manjukichni xitoyliklarga sotishdan bosh tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra bungacha xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham Xitoy klubiga o‘tishga rozilik bildirgan edi.
Fikrlar