"Yuventus" futbolchisi jamoadagi holatidan norozi bo‘lmoqda
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mexdi Benatia joriy mavsumda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganidan nolimoqda.
“Bu yil menda o‘yin amaliyoti borasida muammolar paydo bo‘la boshladi. O‘tgan mavsum hammasi joyida edi, biroq hozir hammasi o‘zgargan. Albatta, men bundan noroziman, chunki endigina 31ga kirdim va har doim o‘ynashni xohlayman. Tez orada nimalar bo‘lishini ko‘ramiz, murabbiy menga ishonadimi yoki yo‘q. Shunga qarab men qishda jamoadagi taqdirimni hal qilaman”, - deydi marokashlik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Benatia joriy mavsum “Yuve” safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushdi holos. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Uning taxminiy transfer bahosi esa 23 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar