
“Yuventus” germaniyalik futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi bosh direktori Bepe Marotta klub Germaniya terma jamoasining ikki nafar a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligini tasdiqladi.
Turinliklar “Shalke-04” futbolchisi Leon Goretska hamda “Liverpul” futbolchisi Emre Janlarga qiziqish bildirmoqda.
“Har ikkalasi ham 2018 yil erkin agentga aylanadigan ajoyib futbolchilar. Biz transfer oynasida faol bo‘lamiz. Biroq barcha narsa futbolchilarning istaklariga bog‘liq”, – deb aytib o‘tdi Marotta.
Fikrlar