"Yuventus" ham Malkomga qiziqib qoldi

  • 7 yanvar, 2019, 22:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi ham "Barselona" vingeri Malkom uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” 21 yoshli braziliyalik futbolchini "Manchester Yunayted" qiziqishlar doirasiga kirib qolgan futbolchisi Duglas Kostaning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Malkomga shuningdek “Everton” va Xitoyning “Guanjou Evergrand” klublaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum "Barselona" safida 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning transfer bahosi 40 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!