"Yuventus" himoyachisi uchun Evropaning besh grandi kurash boshladi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Aleks Sandro joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Real", PSJ, "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari da’vogarlik qilishmoqda. Ta’kidlash lozimki, Sandroning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va u hozircha “Yuve” bilan ushbu kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erishganicha yo‘q.
O‘z navbatida “keksa sinora” ham uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan. Turinliklar bu borada Marselo ("Real"), Jordi Alba ("Barselona") va Aleks Grimaldo ("Benfika") kabi futbolchilarning nomzodini ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Fikrlar