A Seriya. 33-turning ilk uchrashuvi yakunlandi
A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda "Sassuola" o‘z uyida "Komo"ni qabul qildi.
Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, 42-daqiqada Kristian Volpato hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Nzola oradagi farqni ikkita oshirdi. Ammo birinchi bo‘lim yakunida Niko Pas hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol kiritmadi.
Shu tariqa, "Sassuola"ning ochkolari soni 45 taga yetdi va ular turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Sesk Fabregas shogirdlari esa 58 ochko bilan 5-pag‘onani egalab turibdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Sassuolo
- Cristian Volpato 42'
- M'Bala Nzola 44'
Tugadi
2
:
1
17.04.2026 21:30
Como
- Nico Paz 45'

Fikrlar