
A Seriya. 7 ta gol urilgan uchrashuvda "Milan" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
A Seriya 20-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Sassuolo" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:5 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Sassuolo" tarkibida Defrel, Frattezi, Berardi, Loryante hamda Enrike gol urgan bo‘lsa, "rossonerilar" safida Jiru hamda Origi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Pioli shogirdlari A Seriya turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib ketdi. 20 ochkosi bor "Sassuolo" 16-pog‘onani bormoqda.
Fikrlar