A Seriya. "Atalanta" "Parma" bilan durang o‘ynadi. "Roma" va "Napoli" minimal hisobda zafar quchdi
Italiya A Seriyasining 2-turida "Atalanta" "Parma" bilan safarda kuch sinashdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 79-daqiqasida Mario Pasalich hisobni ochdi. 85-daqiqada Patrik Kutrone hisobni tenglashtirib, jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
"Roma" safarda "Piza" bilan to‘qnash keldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 55-daqiqada Matias Sule o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Antonio Konte boshchiligidagi "Napoli" klubi ham rimliklar kabi 1:0 hisobida raqibini taslim etdi. Bu o‘yinda Andre Zambo-Angissa 90+5-daqiqada "Kalyari" darvozasini ishg‘ol qilib, neapol klubiga 3 ochkoni taqdim etdi.
Fikrlar