A Seriya. Bugun "Milan"ni mag‘lubiyatdan "YPX" qutqarib qoldi

  • 3 aprel, 2021, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Italiya A Seriyasining 29-turidan o‘rin olgan “Milan” hamda “Sampdoriya” jamoalari bahsi nihoyasiga etdi.

Tecno

“San-Siro”da kechgan qiziqarli bellashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Dastlab, 57-daqiqada Fabio Kvalyarella “Sampdoriya”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganda Yens Peter Xauge (87') gol urib, “Milan”ning joniga oro kirdi. 

Ushbu o‘yindan so‘ng, “Milan” o‘z hisobidagi ochkolarni 60 taga etkazdi va o‘zi egallab turgan 2-pog‘onani yanada mustahkamlab oldi. “Sampdoriya” esa 36 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

Hozirda "Milan" peshqadam "Inter"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Ammo "neradzurrilar" hamshaharidan 3 ta o‘yin kam o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!