
A Seriya. "Inter" "Fiorentina"ni ayab o‘tirmadi. Lautarodan dubl
A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Fiorentina" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Martines dubl qilgan bo‘lsa, Tyuram va Hoqonlar bittadan o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, milanliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. "Fiorentina" esa 8-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar