
A Seriya. "Inter" ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi
"Inter" A Seriyaning 25-turida "Lechche"ni o‘z maydonida qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 29-daqiqada Mxitaryan super gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Lautaro Martines 53-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Inter" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida vaqtinchalik 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar