A Seriya. "Inter" "Kalyarini mag‘lub etib, chempionlik sari yana bir qadam tashladi
A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi.
"Inter" o‘z maydonida "Kalyari"ni qabul qilib, ishonchli 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 52-daqiqada Markus Tyuram tomonidan ochildi. Oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Nikolo Barella jamoasining ustunligini yanada mustahkamlandi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Pyotr Zelinski ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi — 3:0.
Shu tariqa, "neradzurrilar" ochkolari sonini 78 taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Napoli" esa 12 ochkoga ortda qolmoqda.
- Italiya - Seriya A
- Muntazam mavsum
Inter
- Marcus Thuram 52'
- Nicolò Barella 56'
- Piotr Zieliński 90'
Tugadi
3
:
0
17.04.2026 23:45

Fikrlar