A Seriya. “Inter” mavsumni jangovar durang bilan yakunladi
A Seriyaning 38-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan “Inter” safarda “Bolonya” mehmoni bo‘ldi. Gollarga boy o‘tgan bahs 3:3 hisobida yakunlandi.
Milанliklar safida Endi Diuf, Franshesko Pio Esposito va Federiko Dimarko gol urgan bo‘lsa, mezbonlar tarkibida Tommazo Pobega hamda Federiko Bernardeski o‘z nomini tablоga yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol esa Pyotr Zelinski tomonidan o‘z darvozasiga urildi.
Shu tariqa, “neradzurrilar” mavsumni 87 ochko bilan yakunladi. Vintsentso Italyano shogirdlari esa 56 ochko bilan 8-o‘rinni egalladi.
- Italiya - Seriya A
- Muntazam mavsum
Boloniya
- Federico Bernardeschi 25'
- Tommaso Pobega 42'
- Piotr Zieliński 48'
Tugadi
3
:
3
23.05.2026 21:00
Inter
- Federico Dimarco 22'
- Pio Esposito 64'
- Andy Diouf 86'

Fikrlar