A Seriya. "Inter" o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi
A Seriyaning 19-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Empoli" uchrashuvi yakunlandi. Milanliklar o‘z uyida 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, qimmatli ochkoni qo‘lga kirita olmadi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida Milan Shkrinyarning qizil kartochka olgani o‘yinga ta’sir qildi. Mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolgan raqibiga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsata boshladi va 66-daqiqada Baldantsi g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, "Inter" turnir jadvalida 3-o‘rinda qoladigan bo‘ldi. Ularda 2-pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoni bor edi.
Fikrlar