A Seriya. "Inter" safarda "Lechche"ni mag‘lub etdi va peshqadamlikni mustahkamladi

  • 22.02.2026 00:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 26-turida "Inter" safarda "Lechche"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

51-daqiqada milanliklar himoyachisi Federico Dimarko gol urdi, ammo hakamlar ofsayd sababli uni bekor qildi.

Hisob 75-daqiqada ochildi. Zaxiradan maydonga tushgan 37 yoshli yarim himoyachi Genrix Mxitaryan jamoasini oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa himoyachi Manuel Akanji ikkinchi golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Inter" 64 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalidа peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Jamoa ikkinchi o‘rindagi "Milan"dan 10 ochko ilgari lab ketgan. "Milan"ning zaxirada bitta o‘yini bor.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
7790.png

Lechche

Tugadi
0 : 2

21.02.2026 22:00

2930.png

Inter

  • Henrikh Mkhitaryan 75'
  • Manuel Akanji 82'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!