A Seriya klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
“Roma” klubi sobiq bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko “Kalyari”da ish boshladi.
50 yoshli mutaxassis sardiniyaliklar bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Shu kungacha “Kalyari” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Valter Dzenga esa iste’foga chiqarildi.
Ma’lumot uchun, Di Franchesko “Roma”dan tashqari “Sassuolo” va “Sampdoriya” kabi A Seriya klublarini boshqargan. “Kalyari” esa joriy mavsumni 13-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar