A Seriya klublari futbolchilarning maoshidan "urib qolishmoqchi"
A Seriya klublari chempionatning koronavirus sabab to‘xtatilgani bois futbolchilar maoshidan qisman olib qolmoqchi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha yiliga 1,5 mln evrodan ko‘p maosh oluvchilarning 30%, 1,5 mln evrodan kam maosh oluvchilarning esa 15% maoshi olib qolinadi.
Aynan shu yo‘l bilan A Seriya klublari taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra ko‘rilishi kutilayotgan 1 mlrd evro zararning 250 millionini qoplashlari mumkin.

Fikrlar