A Seriya. «Komo» Duvikasning dubli evaziga «Sassuolo»ni mag‘lub etdi
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Italiya chempionatining 8-turida «Komo» oʻz maydonida «Sassuolo»ni qabul qilib, 2:0 hisobida gʻalaba qoʻzondi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida gol kiritilmadi. Tanaffusdan keyin esa mezbonlar tezda hisobni ochishga muvaffaq boʻldi. 49-daqiqada Duvikas raqib darvozasini ishgʻol qilib, «Komo»ni oldinga olib chiqdi.
60-daqiqada grek hujumchisi yana bir bor oʻzini koʻrsatdi. Duvikas dubl qayd etib, jamoasining ustunligini ikki karra oshirdi.
Ikkinchi goldan keyin «Sassuolo» hisobni qisqartirishga harakat qildi, biroq mezbonlar darvozasiga yoʻl topa olmadi. Shu tariqa, «Komo» uchrashuvda 2:0 hisobida gʻalaba qoʻzondi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q