Ronalduning "Paxtakor"ga qarshi oʻyiniga chiptalar narxi "uchdi"!
- Zohir Toshxo'jayev
- Izohlar: 2
- Futbol
Osiyo futbol konfederatsiya Elit Chempionlar ligasi doirasidagi "Paxtakor" — "An-Nasr" uchrashuvi muxlar e’tiborini rekord darajada tortmoqda.
Bo‘lajak o‘yinda Krishtianu Ronaldu maydonga tushishi ehtimoli borligi fonida "Paxtakor" uchrashuvi uchun chiptalar narxi 600 ming so‘mgacha ko‘tarildi, deb xabar bermoqda bir necha ommaviy axborot vositalari.
- Krishtianu Ronaldu Toshkentga kelyapti! "Paxtakor" — "An-Nasr" uchrashuviga chiptalar narxi 600 ming so‘mgacha chiqdi!
Ilgarigi o‘yinlarda "Paxtakor" chiptalarni bepul tarqatgan, endi esa Saudiya Arabistoni klubiga qarshi bahs uchun 600 ming so‘mgacha so‘rashmoqda. VIP-chiptalar esa ochiq savdoga chiqarilmagan.
Shu bilan birga, Ronalduning o‘yinda ishtirok etishi hali rasmiy tasdiqlanmadi. Ammo narxlar allaqachon osmonda!, — deyiladi ijtimoiy tarmoqlardagi postlarda.
Ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy savdo maydonchasida standart o‘rinlar uchun chipta narxlari 100 ming so‘mdan 600 ming so‘mgacha oralig‘da belgilangan. Eng katta rekord esa 3 million so‘m qiymatdagi VIP-chiptalar bo‘ldi — ular sotuv boshlangan ilk soatlardayoq sotib olib bo‘lingan.
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi o‘rtasidagi uchrashuv Osiyo futbol konfederatsiyasi Elit AFK Chempionlar Ligasi Elit bosqichi 4-turi doirasida 2 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. "An-Nasr" klubi hozircha Krishtianu Ronalduning Toshkentdagi uchrashuv uchun yakuniy ro‘yxatga kiritilganini rasmiy tasdiqlamagan.
41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Faysali"ga qarshi o‘yinda ishtirok etib, yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu goldan so‘ng portugaliyalik yulduzning shaxsiy hisobidagi jami golari soni 982 taga yetdi. Demak, Krishtianu yubiley — 1000-gol cho‘qqisiga yetishi uchun yana 18 marotaba to‘p kiritishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" Chempionlar ligasining Elit bosqichida dastlabki ikki turda Saudiya Arabistonining ikki klubi - "Al-Ahli" va "Al-Qodisiya" bilan bir xil - 1:1 hisobida durang o‘ynagan. Toshkent jamoasi "An-Nasr" bilan bo‘ladigan o‘yinga qadar 26 oktyabr kuni safarda Iroqning "Al-Quvva Al-Javiya" jamoasiga qarshi to‘p tepadi.