A Seriya. "Komo" "Atalanta"ni mag'lubiyatga uchrata olmadi. Niko Pas penaltidan foydalanа olmadi
A Seriyasining 23-turida "Komo" o‘z maydonida "Atalanta" bilan durang o‘ynadi. Mehmonlar 8-daqiqada Onest Ahanor maydondan chetlatilganidan so‘ng qolgan vaqtni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Sesk Fabregas jamoasi uchrashuv davomida 5,24 kutilgan gol (xG) yaratdi va to‘pga egalik qilish bo‘yicha 79 foizlik ustunlikka ega bo‘ldi. Zarba berishlar statistikasi 28:6 (aniq zarbalar — 9:2) ko‘rinishida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.
Shunga qaramay, "Komo" g‘alabaga erisha olmadi. Uchrashuvning 98-daqiqasida yarim himoyachi Niko Pas penalti aniqlik bilan amalga oshira olmadi. Ispaniyalik futbolchi "Real"ni tark etganidan beri uchta penalti tepgan bo‘lsa, uchalasini ham golga aylantira olmagan.

Fikrlar