A Seriya. "Milan" kambek amalga oshirib, g‘alaba qozondi va peshqadamga aylandi

  • 09.12.2025 02:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasi 14-turning so‘nggi to‘qnashuvida "Milan" safarda "Torino" bilan kuch sinashib, kambek evaziga 3:2 hisobida zafar quchdi. 
 
Dastlab, Nikola Vlashich va Duvan Sapata o‘yinning boshida hisobni ochib, turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 24-daqiqada esa Adrien Rabo uzoq masofadan super gol urib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bellashuvning 67-daqiqasida kelib zaxiradan maydonga tushgan Kristian Pulishich hisobni tenglashtirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa amerikalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi va milanliklarning g‘alabasini ta’minladi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
613.png

Torino

  • Duván Zapata 17'
  • Nikola Vlašić 10'
Tugadi
2 : 3

09.12.2025 00:45

113.png

AC Milan

  • Adrien Rabiot 24'
  • Christian Pulisic 77'
  • Christian Pulisic 67'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!