A Seriya. "Milan" oʻz uyida "Atalanta"ni magʻlub etib, 4-oʻringa koʻtarildi

  • 18.10.2026 23:25
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionatining 7-turida «Milan» o‘z maydonida «Atalanta»ni mag‘lub etdi. «San-Siro» stadionida kechgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuv davomida «rossonerilar» 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida Gonsalu Ramush penalti­ni aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 43-daqiqada esa Adrien Rab’yo ikkinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda Ramush 57-daqiqada belgilangan penal­tidan foydalan­a olmadi. Uning zarbasini mehmonlar darvozaboni Marko Karnesekki qaytardi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, «Milan» burchak to‘pidan keyin uchinchi golni urdi. Rab’yoning uzatmasidan so‘ng himoyachi Mario Xila darvozani ish­g‘ol qildi.

Shundan keyin «Atalanta» farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 66-daqiqada Janluka Gaetano, 81-daqiqada esa Nikola Krstovich gol urdi. Biroq mehmonlar hisobni tenglashtira olmadi.

Shu tariqa, «Milan» A Seriyada mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib, 15 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. «Atalanta» esa 9 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!