A Seriya. "Milan" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
A Seriyaning 21-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Milan" uchrashuvida milanliklar 2:3 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda hisobni mehmonlar ochgandi, lekin Samardjich va Tovenlar javob qaytarib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Yovich imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+3 daqiqada Okafor g‘alaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, "Milan" turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.



Fikrlar