
A Seriya. "Milan" Turin shahrini tor-mor etdi, "Yuventus"dan ishonchli g‘alaba
Italiya A Seriyasi 36-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. "Milan" ushbu turda "Torino" klubi mehmoni bo‘ldi va bu safar raqibini 0:7 hisobida engib, Turin klublarini engish bo‘yicha masterklass o‘tadi. O‘tgan turda "rossonerilar" "Yuventus"ni 0:3 hisobida mag‘lub etishgan edi.
"Torino"ga urilgan 7 golga Ante Rebich (xet-trik), Teo Ernandes (dubl), Frank Kessi hamda Braim Dias mualliflik qildi. Shu tariqa milanliklar o‘z ochkolari sonini 75 taga etkazib, 3-o‘ringa mustahkam joylashib oldi.
Turinning boshqa bir klubi, amaldagi chempion "Yuventus" esa bu turda "Sassuolo" mehmoni bo‘ldi. Pirlo shogirdlari bu safar ishonchli o‘yini evaziga 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi va EChLga chiqish uchun matematik imkoniyatni saqlab qolishdi. Qolgan 2 turda yuqoridagi raqiblar xatoga yo‘l qo‘yishsa, turinliklarga EChL eshiklari ochilishi mumkin. Gollarga "Yuventus" safida Adrien Rabo, Krishtianu Ronaldu hamda Paulo Dibala mualliflik qilgan bo‘lsa, "Sassuolo"ning yagona goli Raspadorining nomiga yozildi. Ayni damda "Yuventus" 72 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. 4-o‘rindagi "Napoli"da ochkolar soni 73 ta.
Fikrlar