
A Seriya o‘yinlari to‘xtatilishi mumkin
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriel Gravin koronavirus epidemiyasi sabab A Seriya uchrashuvlari to‘xtatilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Agar futbolchilardan biri koronavirusni yuqtirib olsa, chempionatni to‘xtatish masalasini chindan ham ko‘rib chiqamiz. Lekin hozirda futbolchilarni himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz.
Biz hech narsani istisno qilmaymiz. Chunki, hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi.
O‘yinlarni muxlislarsiz o‘tkazish eng to‘g‘ri qaror emas. Ayrim klub prezidentlari o‘z xatti-harakatlari bilan futbolimizga zarar etkazishyapti”, - deydi Gravin.
Fikrlar