A Seriya. Rimdagi markaziy to‘qnashuvda durang qayd etildi

  • 26.01.2026 02:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan yana bir markaziy bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
Massimiliano Allegrining boshchiligidagi "Milan" safarda Jan Piero Gasperining "Roma"si bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Dastlab, uchrashuvning 62-daqiqasida Koni de Vinter gol urib, "Milan"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada esa "Roma" yetakchilaridan biri hisoblangan Lorenzo Pellegrini 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, milanliklar ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 47 taga yetkazib olib, 2-o‘rinni mustahkamladi. "Roma" esa 43 ochko jamg‘argan holda, Kontening "Napoli"sini quvib o‘tdi va 3-o‘ringa ko‘tarildi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
37.png

Roma

  • Lorenzo Pellegrini 74'
Tugadi
1 : 1

26.01.2026 00:45

113.png

AC Milan

  • Koni De Winter 62'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!