
A Seriya. "Roma" 1-daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi, Eldor 72 daqiqa o‘ynadi
A Seriya 28-turi doirasida "Roma" safarda "Empoli" mehmoni bo‘ldi. Mazkur bellashuvda rimliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Matias Sule tomonidan 1-daqiqadayoq kiritilgan gol Raneri shogirdlariga 3 ochko taqdim etdi.
46 ochkosi bor "bo‘rilar" ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar