A Seriya. "Roma" "Jenoa"ni mag‘lub etib, "Yuventus"ni quvib o‘tdi

  • 30.12.2025 02:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 17-turida "Roma" o‘z maydonida "Jenoa"ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchratdi 3:1. 
 
Dastlab, bellashuvning 14-daqiqada Matias Sule raqib jamoa darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Manu Kone oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Rimliklarning uchinchi goliga 31-daqiqada Evan Ferguson mualliflik qildi. To‘qnashuvning 87-daqiqasida esa Jeff Ekator Svilar darvozasiga yo‘l topa oldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Roma" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 33 taga yetkazib olib, "Yuventus"ni (32) quvib o‘tgan holda, 4-o‘ringa qaytdi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
37.png

Roma

  • Matías Soulé 14'
  • Evan Ferguson 31'
  • Manu Koné 19'
Tugadi
3 : 1

30.12.2025 00:45

102.png

Jenoa

  • Jeff Ekhator 87'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!