A Seriya. "Torino" oʻz uyida "Inter" bilan ochko boʻlishdi
Uchrashuv yakunlandi.
A Seriyaning 34-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
"Torino" o‘z maydonida "Inter"ga qarshi bahs olib borib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Dastlab, mehmonlar Markus Tyuram va Yann Bissek gollari evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi. Biroq 70-daqiqada Jovani Simeone oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, 79-daqiqada Nikola Vlashich penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritdi.



Izohlar (0)