A Seriya. "Yuventus" minimal hisobda g‘alaba qozondi. "Latsio" esa "Verona"ni yanchib tashladi. "Inter" kambek qurboni bo‘lib, mag‘lub bo‘ldi

  • 1 sentabr, 02:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuvlar ham o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Ushbu tur doirasida "Yuventus" "Jenoa" bilan kuch sinashib, Vlaxovichning goli evaziga g‘alaba qozondi (1:0). 
 
"Latsio" esa "Verona" darvozasiga naqd 4 ta gol urib, yirik hisobda taslim etdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Matteo Genduzi hisobni ochdi. 10-daqiqada esa Mattia Dzakkani hisobni 2 taga etkazib qo‘ydi. Bo‘lim so‘nggida Valentin Kastelyanos hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bundan tashqari, ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasida Bulaye Dia 4-golni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Turning so‘nggi bahsida "Inter" "Udineze" bilan to‘qnash keldi va 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlab, o‘yinning 17-daqiqasida Dyumfris hisobni ochdi. Uning goliga esa Kinan Deyvis va Artur Atta gollar urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum

Jenoa

Tugadi
0 : 1

31.08.2025 21:30

Yuventus

  • Dušan Vlahović 73'

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum

Latsio

  • Mattéo Guendouzi 3'
  • Mattia Zaccagni 10'
  • Taty Castellanos 41'
  • Boulaye Dia 82'
Tugadi
4 : 0

31.08.2025 23:45

Hellas Verona

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum

Inter

  • Denzel Dumfries 17'
Tugadi
1 : 2

31.08.2025 23:45

Udinize

  • Keinan Davis 29'
  • Arthur Atta 40'

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!