A Seriya. "Yuventus" oʻz maydonida ochko yoʻqotdi

  • 22.03.2026 02:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 30-turida "Yuventus" o‘z uyida "Sassuolo" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Hisob 14-daqiqada Kenan Yildiz tomonidan ochildi va mezbonlar oldinga chiqib oldi.

Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlar javob qaytardi. 52-daqiqada Andrea Pinamonti hisobni tenglashtirdi.

O‘yin taqdiri 87-daqiqada hal bo‘lishi mumkin edi. "Yuventus" sardori Manuel Lokatelli penaltiidan foydalanа olmadi — uning zarbasini darvozabon Ariyanet Murich qaytardi.

Ushbu durangdan so‘ng "Yuventus" 54 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. "Sassuolo" esa 39 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
625.png

Yuventus

  • Kenan Yıldız 14'
Tugadi
1 : 1

22.03.2026 00:45

2714.png

Sassuolo

  • Andrea Pinamonti 52'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!